Boks böyiça Olimpiada oltin medalini qölga kiritganiga 37 yil bölgan janubiy koreyalik sportçi Pak Si Xun hali ham özini aybdor his qilayotgan edi. U 1988 yilda mağlub bölganini bilardi, ammo Seuldagi yozgi Olimpiya öyinlarida mahalliy tomoşabinlar oldida amerikalik Roy Jons ustidan 3:2 hisobida ğalaba qozongani uçun oltin medal bilan taqdirlandi.
Aksariyat tomoşabinlar Roy Jonsning bahsda ustunlik qilganiga amin böldi. Jons hatto Olimpiya öyinlarining eng yaxşi boksçisiga beriladigan Vel Barker kubogini ham qölga kiritdi. Biroq oltin medal boşqa birovga nasib etdi.
Yillar davomida sudyalarning poraxörligi haqida miş-mişlar tarqaldi. 1996 yilda Şarqiy Germaniyaning «Ştazi» maxsus xizmati ba’zi hakamlarga janubiy koreyalik boksçilarni qöllab-quvvatlagani uçun pul tölagani haqidagi hujjatlar topildi. Köpçilikning fikriça, şarqiy nemislar buni medallar soni böyiça AQŞni ortda qoldiriş uçun qilgan. Biroq, Xalqaro Olimpiya qömitasi tekşiruv ötkazib, poraxörlik sxemasi mavjudligi haqida sezilarli dalillarni topmadi. Oltin medal Pakda qoldi, lekin aybdorlik hissi yöqolmadi.
Pak Olimpiada öyinlaridan köp ötmay boksni tark etdi va oltin medal bilan ötkazgan hayotini dahşatli tuş deb atadi.
Bu orada Jons boks tarixidagi eng yaxşi jangçilardan biriga aylandi, ehtimol u Olimpiya öyinlaridagi umidsizlikdan özining ajoyib kariyerasi uçun turtki sifatida foydalangan bölişi mumkin. Natijada u törtta vazn toifasida çempionlikni qölga kiritdi va 47 ta nokaut bilan jami 66 ta ğalabaga erişdi. Ammo undan qoçib ketgandek tuyulgan yagona ğalaba 1988 yilgi oltin medal edi.
Nihoyat, oradan yillar ötib, ikki boksçi yana uçraşdi. Pak vijdon xotirjamligiga erişişga qaror qildi va sobiq Olimpiya öyinlaridagi raqibiga syurpriz qiliş uçun Jonsning qadron şahri Pensakolaga yöl oldi.
Şu kuni Jons sport zaliga oddiy intervyu uçun ketyapman deb öylagandi. Buning örniga Pak unga qariyb 40 yil davomida rad etilgan medalni topşiriş uçun sport zaliga bordi. Pak öğli orqali murojaat qildi: «Menda oltin medal bor edi, lekin men uni senga qaytarmoqçiman, u senga tegişli».
- Voy, bu aqldan oziş-ku, dedi Jons közlariga quyilib kelgan yoşni zörğa tiyib.
Pakning xatti-harakatlari haqidagi xabarlar dastlab şu oyning boşida Jonsning YouTube sahifasida paydo böldi va uning bu xayrli işi butun dunyo sport muxlislarining e’tiborini tortdi.












