Sud departamentining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi tizimidagi sud ijroçilari tumanlari bölimida 2017 yil boşidan beri 20411tadan ortiq aliment va davriy tölovlar undiruvi böyiça ijro hujjatlari mavjud. 2016 yil 24 sentabrdan 31 dekabr holati böyiça Özbekiston Boş vaziri va Prezidentining virtual qabulxonasidan kelgan murojaatlar soni 1705ni taşkil etgan bölsa, şundan 770tasi aliment masalasiga oid.

Aliment tölovi undiriş sohasining samaradorligini oşiriş maqsadida Sud departamentining Toşkent şahar hududiy boşqarmasi taşabbusi bilan 2016 yil 21 dekabrdagi "Toşkent şahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari böyiça davlat organlari va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikni yanada kuçaytirişga qaratilgan" qöşma qaror işlab çiqildi. 

Bu qarorni amalga oşiriş uçun Toşkent şaharning tuman hokimliklari, Jinoyat işlari böyiça tuman sudlari, Fuqarolik işlari böyiça tumanlararo sudlari, tuman prokuraturalari, tuman IIBlari, "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bölimlari, Mehnat boş boşqarmalarining tuman bölimlari, Davlat soliq inspeksiyalari tuman bölimlari xodimlaridan iborat  işçi guruh taşkil etildi. Ular har bir tumanda aliment qarzdorliklari böyiça ijro hujjatlarining ijrosini samarali ta'minlaş bilan şuğullanadi. 

Endilikda har bir mahalla fuqarolari yiğinida aliment davriy tölovlarini öz vaqtida tölamay yurgan şaxslar bilan uçraşuvlar ötkaziladi. Fuqarolarga aliment masalasi böyiça huquqiy tuşuntiriş işlari olib boriladi. Öz farzandiga moddiy yordam bermay kelayotgan qarzdor şaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik işi qözğatiladi. 

Şu örinda,  ixtiyoriy ta'minot yetkazilmagan har bir holat yiğilişlarda doimiy muhokama qilinadi. Davlat organlari va Sud ijroçilari tomonidan  oilalarga qöşimça xarajatlarni undiriş böyiça sudga murojaat qilişida amaliy yordam körsatiladi.