Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi prezidenti Mamnun Husaynga va döst Pokiston xalqiga Sind muzofotining Sexvan-Şarif şahrida sodir etilgan terrorçilik xuruji oqibatida köplab insonlarning nobud bölgani munosabati bilan çuqur ta'ziya izhor etdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari qurbon bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik sözlarini yetkazdi hamda jarohat olganlarning tez orada soğayib ketişini tiladi.












