Rossiyalik aralaş kuraş jangçisi, maşhur Fyodor Yemelyanenko 19 fevralga ötar keçasi sportga qaytgandan keyin özining 3-jangini ötkazadi. "Oxirgi imperator"ning San-Xoseda ötadigan Bellator 172 musobaqasidagi raqibi amerikalik Mett Mitrion böladi.

Yemelyanenko 2015 yilda uç yillik tanaffusdan keyin sport faoliyatini davom ettirişini e'lon qilgan. Şu vaqt içida Yemelyanenko 2 ta jang ötkazgan. U Rizin şousida ötgan 1-jangida hind Jaydip Singxni sanoqli daqiqalarda mağlub yetgan.
Yemelyanenko keyingi jangini Rossiyaning Fight Nights promouşen kompaniyasi nomidan 2016 yil iyunda Fabio Maldonadoga qarşi ötkazgan. Bu jang köplab bahslarga sabab bölgan, çunki ba'zilarning fikriça bu jangda Maldonadoning qöli baland kelgan. Jangga hakamlik qilgan rossiyalik hakamlar ğalabani hamyurtlariga berişgan va bu köplab savollar uyğotgan.











