“Heç töxtamasdan harakat qilub turğon vujudimizga, tanimizga suv-havo ne qadar zarur bölsa, maişat yölida har xil qora kirlar ila kirlangan ruhimiz uçun ham şul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yaşasa — millat yaşar”
A. Çölpon
Ma'lumki, ming yillardan beri adabiyotimiz gumanizm — insonparvarlik, insonga muhabbat, işonç ğoyalarini kuylaydi. Hozirgi kunda adabiyotimiz xilma-xil va rang-barang. Yozuvçi xohlasa realistik, modernistik yönalişda, xohlasa aruzda asar yozişi, folklor an'analarini adabiyotga olib kirişi, xohlasa bularning hammasini sintezida kitob yozişi mumkin. Lekin şunga qaramasdan bugungi adabiyot (asarlar)imizda insonparvarlik tuyğulari bir oz böşaşib qolmayaptimikin?
Amerikalik maşhur yozuvçi Folknerdan söraşgan ekan: «Siz qaysi yönalişda yozasiz?» Şunda U: «Men gumanizmda yozaman», — degan ekan. Aslida gumanizm degan metodning özi yöq. Lekin u har bir metodning, yönalişning içida inson yonida turadigan yozuvçi bölişi kerakligi haqida bong urmoqda. Ya'ni insonning insonligi, uning qalbi, manfaatlari tabiat qanday yaratgan bölsa, şundayligiça qolişi töğrisida, tabiiy tuyğularini himoya qiliş ma'nosida aytib ötgan.
Töğri, bugun adabiyotga yöl-yöriq körsatib, sen unday, sen bunday yoz, deb bölmaydi. Butun yer yuzida biznes qoidalari hukmronlik qila boşlaganidan beri, adabiyotga bozor iqtisodiyoti misli körilmagan darajada şiddat bilan kirib kelgandan keyin, bizning milliy adabiyotimizga ham «tijoriy adabiyot», «köça adabiyoti» kirib kela boşladi. Bugungi kunda aksar «asarlar»da insonni inson aylaydigan, uni yuksakka kötaradigan emas, balki insonning hayvoniy istaklarini qondirişga qaratilgan, öç oluvçi, alamzada, ğazabnok, qahru ğazabga tölgan, atrofdagilardan norozi va boşqa jamiyatdagi turli voqea-hodisalarni inkor qiluvçi qahramonlar paydo bölmoqda hamda ular «tijoriy adabiyot», «köça adabiyoti» kabi körinişlarda öquvçilarga taqdim etilmoqda. Ommaviy madaniyatning bir şakli, körinişi sifatida ommaviy adabiyotning kirib kelişi, insonparvarlik, insonsevarlik ğoyalarini susaytiradi.
Ayni paytda, yozuvçi, şoir, ma'rifatçilarimiz oldida qaysi asarni öqiş, qaysinisidan sal çekiniş, qaysi biridan qoçiş kerak, degan masala turibdi. Bu faqat adabiyotşunoslikning muammosi bölib qolişi kerak emas, balki şu jamiyatda yaşayotgan har bir insonning muhim insoniy vazifasiga aylanişi lozim. Şu qatori adabiyot öqituvçilari ham öquvçiga asar tanlaşda kerakli mulohazalarni yetkazişi maqsadga muvofiq. Çunki öquvçi öqigan asaridan yangi fikr olişi, nimanidir örganişi, örganganlarini öz hayoti mobaynida qöllaşi zarur. Adabiyot, badiiy asarning vazifalaridan biri ham mana şu.
Bugungi kunda yozilayotgan ayrim «asarlar» (agar «asar» deb bölsa)ni ham «tijoriy adabiyot», «köça adabiyoti» kabilarning bir şakli deyişimiz mumkin. Bu «asarlar»ning maqsadi öquvçiga yangi fikr beriş emas, balki ularga yengil hayotni örgatiş, xolos. Agar badiiy asar real hayotdan olinib, inson qalbini egallaydigan darajada qiziqarli, ezgu fazilatlarga çorlovçi hamda ma'no-mazmunga boy bölsa, kitobxon uni özi topib, zarur bölsa, kitob dökonlaridan sotib olib öqiydi. Şuning uçun ham har bir ijod ahli qalam tebratayotganda kitob dökonlarini töldiradigan, bezaydigan emas, balki tili sodda, ruhiyatni kötaradigan, ezgu ğoyalar bilan yöğrilgan, umuman olganda, insonning intim tuyğularini qözğatuvçi asarlarni dunyoga keltiriş haqida mulohaza qilişi muhim sanaladi. Zero, Respublikamizning Birinçi Prezidenti aytib ötganlaridek, «Çinakam kitobxonlik bor joydagina yuksak taraqqiyotga erişiş mumkin».










