AQŞning Yevropani ajratişga bölgan urinişlari bekor, zero Vaşington Yevroittifoq öz a'zolariga taklif qilayotgan ustunliklarni ta'minlay olmaydi. Fransiya TIV rahbari Jan-Mark Eyro Journal du Dimanche'ga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi. 

"Ularning yevropaliklarni ajratişga bölgan har qanday urinişlari zoye ketişi borasida bahslaşişim mumkin. Qöşma Ştatlar Yevroittifoq taklif qilayotgan ustunliklarning heç birini ta'minlay olmaydi", - deydi Jan-Mark Eyro.

Eyroning ta'kidlaşiça, hatto Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey ham, Birlaşgan Qirollikning YeIdan çiqiş töğrisidagi referendum natijalariga qaramay, AQŞ prezidenti Donald Trampga Yevropani "kuçli hamkor" sifatida köriş zarurligiga işora qilgan. 

TIV rahbari Fransiya prezidentlik saylovlariga na Rossiya va na AQŞning aralaşuviga yöl qöymasligini ta'kidlagan. "Rossiya içki işlarga aralaşmaslik xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyili hisoblanişini birinçilardan bölib ma'lum qilişi kerak va men buni qabul qilaman. Fransiya va fransuzlar ularning tanlovini boşqa birov boşqarişiga yöl qöymaydi", - dedi Eyro va Yevropadagi barqarorlik ham Moskva, ham Vaşington manfaatlari uçun xizmat qilişiga urğu berdi.