AQŞ prezidenti Donald Tramp boşçiligidagi AQŞning yangi ma'muriyati Kobuldagi milliy birdamlik hukumatini qöllab-quvvatlaydi. Bu haqda AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani bilan uçraşuvda aytdi. Ular Xavfsizlik böyiça Myunxen anjumani doriasida uçraşdilar.
Uşbu uçraşuv yakunlariga köra Oq uy matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Pens va Ğani ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş imkoniyatlarini hamda "birinçi navbatda aksilterrorçilik sohasidagi hamkorlik va iqtisodiy rivojlaniş sohasida özaro manfaatlarni ilgari surişni" muhokama qilişgan.
Bundan taşqari, tomonlar "AQŞ va Afğoniston örtasida strategik şeriklikni saqlab qoliş muhimligini " tasdiqlaşgan.












