Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari alohida tumanlari hududida yaşovçi Ukraina fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarga berilgan hujjatlarni uşbu tumanlardagi vaziyat siyosiy jihatdan hal etilmagunga qadar Rossiyada tan oliş haqidagi farmonga imzo çekdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

Farmonda ta'kidlanişiça, Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari alohida tumanlari hududida doimiy ravişda istiqomat qiluvçi Ukraina fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Rossiyaga şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarga asosan vizalarni rasmiylaştirmay turib kirişi va çiqişi mumkin.

Kreml saytida aytilişiça, qaror umume'tirof etilgan prinsiplar va xalqaro gumanitar huquq normalariga muvofiq inson va fuqaro huquq hamda erkinliklarini himoya qiliş maqsadida kuçga kirdi.