Messining dubli «Barselona»ni navbatdagi muvaffaqiyatsizlikdan qutqarib qoldi. Garet Beyluch oylik tanaffusdan so‘ng safga qaytib, darhol samara keltirishni boshladi. Angliya kubogi chorak finalida Konte va Mourino qarama-qarshiligi yuzaga keldi. Tribuna.Uz uik-endning shu kabi eng e'tiborli voqealarini eslab o‘tadi.

Inqirozdagi «Barselona» va Messi

YeChLdagi sharmandali mag‘lubiyatdan keyin «Barselona» Ispaniya chempionatida ham o‘ta mazmunsiz o‘yin namoyish etdi. Faqatgina Messining sa'y-harakatlari evaziga jamoa liganing mutlaq debyutanti, autsayderini so‘nggi daqiqalardagina mag‘lubiyatga uchratishni uddaladi. Hamon yangi shartnoma bo‘yicha muammolar bo‘lishiga qaramasdan, Messi hozircha jamoasini murakkab vaziyatdan olib chiqib ketish uchun jon kuydirmoqda.

«Real»da esa barchasi izga tushib bormoqda. Uch oylik tanaffusdan so‘ng jamoaning eng qimmatbaho futbolchisi Garet Beyl safga qaytdi va qaytgan o‘yinidayoq gol urib jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi. Bu bilan jamoaning muvaffaqiyatlari cheklanib qolmaydi. «Real» mana 42 uchrashuvdirki, raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda. So‘nggi marta «Manchester Siti» 2016 yilning aprelida madridliklarga qarshi quruq o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ispaniyada bu turda boshqa yetakchilar ham g‘alaba qozondi. Kevin Gameyroning 5 daqiqada qayd etgan super natijasi «Atletiko»ga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, «Vilyarreal» so‘nggi daqiqadagi harakati evaziga