Davr özgarişlari şunçalik tez sur'atlarda sodir bölmoqdaki, insoniyat köp narsaga ulguriş uçun uyqudan ham voz keçmoqda, uyqusizlik kasaliga duçor bölmoqda. Bu esa, sönggi vaqtlarning haqiqiy boş oğriğiga aylanişga ulgurdi. Biz yoşligimizdanoq, uyqudan voz keça boşlaymiz. Maktab, kollej, universitetdagi tahsildan söng, iş, xizmat poğonalaridan kötariliş orzu-istaklari… bularning bari qöşimça sa'y-harakat bilan birga dam oliş vaqtini qisqartiriş, voz keçişni talab qiladi.
Qiziği şundaki, barçamiz uyquning zaruratini yaxşi tuşunamiz, anglab turgan holda, amaliy çora körmaymiz. Balki, bunga uyqusizlik ortidan keladigan xavfni yaxşi anglamaslik sabab bölar. Aytiş joizki, bir haftalik kam uxlaşning örnini birdaniga töldirişning iloji yöq. Çunki, inson organizmi boşqaça işlaydi.
Tasavvur qiling, tinimsiz işlagan kompyuter ham tobora nosozliklarni namoyon qila boşlaydi. Firewall viruslarni ötkazib yuboradi – buni esa oddiy qayta işga tuşiriş bilan yöqotib bölmaydi. Xöş, uyqusizlik, uyquga e'tibor bermaslikning salbiy oqibatlari nimalardan iborat, u sizga va tanangiz soğliğiga qanday ta'sir körsatişi mumkin, heç öylab körganmisiz?
2000 yili Kaliforniya universiteti olimlari mantiqiy topşiriqlarni bajargan insonlarning boş miyasini magnitli-rezonans tomografiya qilişdi. Tajriba natijasida ma'lum bölişiça, bir kundan ortiq uxlamaganlar mantiqiy vazifalarni hal etiş uçun, odatda, bu kabi masalalarni hal etadigan boş miyaning orqa qismidan emas, balki peşonadagi qismidan foydalangan. Şu bilan boş miya odatda foydalanmaydigan a'zolaridan foydalaniş vositasida uyqusizlik örnini töldirişga uringan. Bu esa, tajribada bir neça soat mobaynida vazifani hal qila olmaganlarning yanada toliqişiga sabab bölgan.
Uyqu yetarli bölmasa ham heç narsa qilmaydi, deb öylaydiganlar, kelajakda insult (boş miyaga qon quyilişi)ga çaliniş ehtimolidan xavotir olişsa, maqsadga muvofiq böladi. Yana öşa Kaliforniya universiteti sotsiologlarining bir neça ming keksa kişilar orasida ötkazgan tadqiqotiga köra, uyquga kam e'tiborli bölganlarda insultga çaliniş ehtimoli yuqori bölgan. Bundan taşqari, Harvard Health Publications xodimlariga köra, kam uxlaş qon bosimining doimiy ravişda baland bölişi, ateroskleroz va yurak yetişmovçiligi kasalliklariga olib kelişi mumkin.
Uyqu diqqatni jamlaş va xotira borasida muhim örin tutadi. Şunday ekan, inson bir-ikki kun uxlamasligi uning ma'lum bir voqelikni kerakliça baholaşiga salbiy ta'sir etadi. Çunki, inson miyasi takrorlanuvçi jarayonlar vositasida işlaydi. U inson hayotida töplangan tajribaga juda ham boğliq. Uyquning yöqligi tufayli inson aqli «xotira banki»dan foydalaniş imkonidan mahrum böladi. Sodir bölayotgan voqea-hodisalar yangidan yuz berayotgandek qabul qilinadi. Şunga köra, vazifaga töliq diqqatni jamlaş ham imkonsiz böladi.











