Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kutilmagan kelishuv: Xitoy va BAA neft bo‘yicha qariyb 2 mlrd dollarlik shartnoma imzoladi
Xitoy milliy neftgaz korporatsiyasi (CNPC) va Abu Zabi milliy neft kompaniyasi (ADNOC) neft bo‘yicha 1,77 milliard AQSh dollarilik kontsession kelishuvga erishishdi. Bu haqda "Chjungo sinvenvan" portali xabar bermoqda.
"Bu kelishuv Xitoyning Birlashgan Arab Amirliklari energetika bozoridagi ishtirokini kengaytirish uchun qo‘shimcha ijobiy sharoitlarni yaratadi", - deya ma'lum qildi CNPC direktorlar kengashi raisi Van Ilin. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga ko‘ra, Xitoy korporatsiyasi ADNOC’ning 8 foiz aksiyalarini xarid qilmoqda, ularning amal qilish muddati esa 40 yil.
CNPC – Xitoyning neft va gaz qazib olish hamda yetkazib berish bo‘yicha yirik kompaniyasi bo‘lib, uning hissasiga Xitoyda qazib olinadigan barcha neftning yarmidan ko‘pi hamda tabiiy gazning 71 foizga yaqin qismi to‘g‘ri keladi. Korporatsiya dunyoning 37 davlatida turli loyihalarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026