Hodisa 16 fevral kuni ro‘y bergan, bu haqda bugun ma'lum qilinmoqda.
Rossiyalik harbiy maslahatchilar guruhi mingan avtomobil Suriya armiyasi kolonnasi tarkibida Tiyas aerodromi hududidan Homs shahriga yo‘l olgandi.
Ayni vaqtda rossiyalik shifokorlar jarohatlangan ikki harbiyning hayotini saqlab qolish uchun urinmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya Suriyada harbiy amaliyotlarga kirishganidan buyon (2015 yilning 31 sentabri) yo‘qotilgan harbiylar soni 27 nafarga yetdi. Mudofaa vazirligi Suriyadagi rossiyalik harbiylar sonini aniq keltirmaydi.
2017 yilning 14 fevralida vazirlik Suriyadagi harbiy amaliyot ishtirokchilarini taqdirlash uchun 20 mingta medal tayyorlashga buyurtma bergani ma'lum qilindi. Keyinroq bu adashuv bo‘lgani, aslida gap 2 mingta mukofot haqida bo‘lgani aytildi.












