AQŞning Boston universiteti soğliqni saqlaş sohasidagi siyosat masalalari böyiça eksperti Brenda Hilton oğiz böşliği salomatligiga ta'sir qiluvçi boş omilni ma'lum qildi. Bu haqda Fanni rivojlantirişga kömaklaşiş Amerika assotsiatsiyasi xabar qilmoqda. 

Mutaxassisning fikriça, inson oğiz böşliğining gigiyenasida uning atrofidagi kişilar, — oilasi va döstlari muhim örin tutadi. Buni şunday izohlaş mumkinki, şaxs öz oilasi bilan tozalik va taomlarga bölgan umumiy qiziqişlarini baham köradi. 

Bu masalan, döstlar davrasida şakarli içimliklarni iste'mol qiliş yoki tişni kuniga kamida 2 marta tozalaşga odatlaniş kabilardir. 

Olim 200 nafardan ortiq ayol iştirokida söroq ötkazib, şunday xulosaga kelgan.