AQŞning Mayo klinikasi jarrohlari noyob va murakkab jarrohlik operatsiyasiga qöl urişdi: ular yuz köçirib ötkaziş operatsiyasini amalga oşirişdi. Bunday operatsiyalar butun tibbiyot tarixida 40 martadan kamroq marta bajarilgan. Jarrohlar öz joniga qasd qilişga urinişdan keyin tirik qolgan yigitga yangi yuz köçirib ötkazişdi. Bu haqda Business Insider portali xabar bermoqda.
2006 yilda 21 yoşli Endi Sandness öz joniga qasd qilmoqçi bölgan. Yuzning engak qismiga otilgan öq yuzning asosiy qismini yöq qilgan, biroq Endi omon qolgan. Şifokorlar qöllaridan kelgan barça işni qilganlar, biroq yigitning burni, jaği va tişlarini tiklaşga muvaffaq böla olmaganlar. 2012 yilda şifokorlarga Endiga boşqa bir odamning yuz qismini ötkaziş ğoyasi qelgan. Jarrohlar bu operatsiyaga bir neça yil tayyogarlik körişgan. Endiga 21 yoşida öziga öq uzgan boşqa bir yigit donorlik qilgan. Yuzni köçirib ötkaziş operatsiyasi 56 soat davomida olib borilgan va unda 60 kişi iştirok etgan.

Şifokorlar Sandnessga öz yuziga operatsiyadan keyin uç hafta davomida közguda qaraşga ruxsat berişmagan. Yigit özining yangi qiyofasini körganda esa hayratdan yoqa uşlagan. "Sen özingda bölgan biror narsani yöqotsanggina uning qadriga yetasan. Agar birdan uni qaytarişga imkoniyat olsang, unda buni heç qaçon unutmaysan", deb aytgan yangi yuz sohibi.














