Daniyaning dizayn laboratoriyasi IKEA kömagida barça bepul foydalanişi mumkin bölgan vertikal boğ çizmasini taqdim etdi.

 The Growroom loyihasi Daniyaning Space10 dizayn laboratoriyasi IKEA kömagida tayyorlandi va bu iş "şahar qişloq xöjaligining mislsiz salohiyati"ni tadqiq qiliş natijasiga aylandi. 

Boğ dizayni unda joylaşgan barça ösimliklarni optimal yoritiş imkonini beradi. U oddiy fanera va vintlardan töplangan. Bu antiqa boğdan bezak qism sifatida yoki bino içidagi öziga xos "suhbatxona" örnida ham foydalaniş  mumkin.

The Growroom original dizayn ixtiroçilari qayd etişiça, bu turdagi eng birinçi pavilon omma orasida katta qiziqiş uyğotdi va ayrimlar ulardan mazkur dizaynni sotişni söraşgan. Biroq ular The Growroom binosini barça öz qöli bilan qurişi uçun loyiha körsatmalarini oçiq holda barçaga taqdim etişga qaror qilişdi.