Poytaxtning Çilonzor tumani 24-dahasida Mars manzarasi topildi. 

«Feysbuk» foydalanuvçilaridan biri «Voditeli Taşkenta» guruhida ajoyib surat joyladi va unga quyidagiça post qoldirdi: «Marsda suv va hayot topildi».

«Sergilida ham», — deb yozadi guruhning boşqa bir a'zosi postga izohli surat qoldirib: 


«Ha, hozir faqat Çilonzorda emas, hamma yerda Mars», — deb qayd etadi boşqa post muallifi.

Ötgan haftada Özbekiston Respublikasi Prezidentining "Yöl xöjaligi boşqaruv tizimini yanada takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar haqida" farmoni qabul qilingan.  Unga köra, faoliyati bekor qilingan Avtomobil yöllarini qurilişi va ekspluatatsiyasi böyiça davlat aksionerlik kompaniyasi («Özavtoyöl» DAK) bazasida Özbekiston Respublikasining avtomobil yöllari davlat qömitasini yaratiş közda tutilgan.

Me'yoriy-huquqiy hujjatlarda yöl boşqaruv tizimi bilan boğliq  qator masalalarni hal etiş, jumladan, avtomobil yöllarini texnik ta'mirlaş, rekonstruksiya qiliş va ajratilgan mablağlardan yanada samarali foydalaniş belgilangan.