Germaniya 2017 yilda mudofaaga xarajatlarini 8 foizga oşiradi. Bu haqda 20 fevralda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg AQŞ vitse-prezidenti Maykl Pens bilan bergan matbuot-anjumanda aytib ötdi.

"Germaniya joriy yilda öz harbiy xarajatlarini 8 foizga oşiradi, biroq yalpi içki mahsulotning 2 foizlik körsatkiçiga erişiş uçun katta yölni bosib ötiş kerak", deb aytgan Stoltenberg.

Stoltenberg Pensga Yevropa davlatlari harbiy xarajatlarini faol oşirişlariga va'da berdi.

2016 yilda Germaniyaning harbiy xarajatlari uning YaIMining 1,15 foizini taşkil qilgan. Ayni vaqtda AQŞdan taşqari, NATOga kiruvçi 28 ta davlatdan bor-yöği uçtasi – Buyuk Britaniya, Gretsiya va Estoniya öz harbiy xarajatlarini YaIMning 2 foiziga yetkazişgan.  

NATO mudofaaga xarajatlarning oşirilişi zaruratini "şarqdan", ya'ni Rossiya tomondan "tahdid borligi" bilan tuşuntirmoqda.