«Mançester Siti» klubi boş murabbiyi Xosep Gvardiola Marselo Belsa «Lill» jamoasiga boş murabbiy etib tayinlangani haqidagi xabarlarga izoh berdi. Fransiya klubi argentinalik mutaxassis bilan ikki yillik şartnoma haqida kelişib oldi hamda kelişuv 2017 yilning 1 iyulidan kuçga kiradi.

«Men Marselo Belsaga qoyil qolaman, sababi u öyinçilarni yanada yaxşiroq qila oladi. Men Belsada öynab, söng u haqida yomon nimadir aytgan bironta yigitni uçratmaganman. Ular unga har doim rahmat deyişgan. 

U menga maslahatlar bilan yordam bergan. Har doim u bilan suhbatlaşsam, yordam berişga tayyor ekanini his etaman. U faoliyati davomida qança sovrinlarni yutib olgani ahamiyatsiz. Murabbiylar haqida köpinça yutib olingan sovrinlar sonidan kelib çiqib fikr yuritişadi, biroq Belsa futbolga va köplab öyinçilarga juda ham katta ta'sir körsatgan mutaxassis. Aynan şu sababdan u men uçun dunyodagi eng yaxşi murabbiy», - deya Gvardiolaning sözlarini keltiradi Goal naşri.