Qozoğiston taşqi işlar vazirligi Qirğizistondan mamlakat prezidenti Almazbek Atamboyevning Euronews telekanaliga bergan intervyusida aytgan sözlariga tuşuntiriş berişni talab qilmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz axborot agentligi xabar bermoqda.
Gap Atamboyevning Qozoğistonni 2010 yilda odamlar halok bölişida ayblagan sözlari haqida ketmoqda.
"Biz bu gaplarni e'tiborga oldik. Biz ayni vaqtda qirğiz tomondan tuşuntiriş kutib qolayotganimizni ayta olamiz. Hozirça bor ma'lumot şu. Yangi ma'lumot paydo bölişi bilan bu haqda xabar beramiz", deb aytildi Qozoğiston taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatida.
Avvalroq Atamboyev Euronews muxbirining "Siz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Rossiya manfaatlarini köproq aks ettiradi, deb hisoblamaysizmi?" degan savoliga javoban, "Biz kimdir bilan savdo qilişimiz, qöşnilar bilan işlaşimiz zarur. Agar biz Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaganimizda, bizga iqtisodiy blokada xavf solardi. 2010 yilda Qozoğiston bizga 1,5 oylik blokada uyuştirgan, bizda hattoki qurbonlar ham bölgan. Şunday bölgan, çunki blokada – yomon narsa. Bizga qayergadir kiriş uçun muqobil taşkilot taklif qila olişadimi? Nima, Afğonistongami? Iltimos, biz bugunoq Yevropa Ittifoqiga kirişga tayyormiz. Men buni taklif qilganman, biroq menga bizda umumiy çegaralar yöqligini oçiqçasiga aytişgan. Unda bizga nima taklif qila olasiz? Bizda 6 mln kişi bor. Yakkalanib, junglilardek yaşaşimiz kerakmi? Biz rivojlanişimiz kerak, bizga bozor kerak", deb aytgan.












