«Barselona» hujumçisi Neymar Braziliyadan Kataloniyaga kelişi jarayonidagi qinğirlik böyiça sudga çaqirildi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

Xabar qilinişiça, Neymar, «Barselona», «Santos» va futbolçining oilasi boşqaruvidagi kompaniyaning apellyatsiyasi qondirilmagan. Endilikda ularning barçasi Ispaniya sudida böladi.

Prokurorlarning hisoblaşiça, Neymar «Santos»dan transfer qilinişi vaqtida moliyaviy firibgarlikka qöl urgan. Bu iş böyiça tinglov Ispaniya Oliy sudida bölib ötadi. Bu sud iş böyiça boşqa şaxslar ham ayblanadi: Neymarning otasi, «Barselona»ning sobiq prezidenti Sandro Rosel, «Barselona» va «Santos» vakillari.

Prokuraturaning da'vo qilişiça, yuqorida nomi keltirilgan tomonlar Neymarning transfer huquqining 40 foiziga egalik qilgan DIS investitsiya kompaniyasini aldagan. Kompaniyadagilarning bildirilişiça, ularga transferdan tuşgan pulning 40 foizi berilmagan. 

Neymar «Santos»dan «Barselona»ga 2013 yilning yozida transfer qilingandi.

Uning transferi 57,1 million yevro etib körsatilgandi. Şundan 17,1 million «Santos»ga, 40 million esa Neymarning ota-onasi kompaniyasiga kelib tuşgan.

«Santos» Neymarning 55 foiziga egalik qilgan. Keyin 2009 yilning fevralida uning 40 foizini DIS Esporte va 2010 yilning noyabrida 5 foizini Teisa xususiy kompaniyalariga sotib yuborgan.

DIS bu kelişuvdan atigi 7,9 million olganidan norozi bölgan. Kompaniya «Santos»ning Neymar uçun hammasi bölib 17,1 millionga ega bölganiga işonmagan. 

Transfer amalga oşgan vaqtda «Barselona» prezidenti bölgan Sandro Rosel körsatmalarida uşbu transfer aslida 57,1 million yevro evaziga emas, 90 million yevroga yaqin miqdordagi mablağ evaziga amalga oşganini aytgan. Şundan söng, iş jiddiylaşib ketdi.

Prokuratura Neymarni va uning otasini 2 yilga qamaşni va ularga 10 million yevro miqdorida jarima tölatişni talab qilmoqda. Şuningdek, kataloniyaliklar va braziliyaliklar jamoasiga ham mos ravişda 9 va 7 million yevrodan jarima qöllaş söralgan.

Neymarning onasi poraxörlik jinoyatiga aralaşganlikda gumon qilinmoqda