Saratonning sönggi bosqiçidagi bemorlarni ularni uyquga ketkiziş orqali samaraliroq davolaş mumkin. Yangiça davolaş usuli haqida italiyalik radiolog Marko Dyurante Amerika fan taraqqiyoti jamiyatining uçraşuvi doirasida sözlab berdi.
Uning fikriça, onkobemorlarni sun'iy gibernatsiya qiliş radioterapiyaning salbiy ta'sirlaridan himoyalaşi va ösimtaning ösişini töxtatişi mumkin. Dyurante jonivorlarda ötkazilgan köp yillik tajribalardan söng ana şunday xulosaga keldi.
Uzoq vaqt sovuq ta'siriga tuşirilgan odamlar gibernatsiyaga tuşişgan - ularning yurak urişi sezilmagan, tana harorati 2-3 barobarga pasaygan. Biroq şifokorlarning yordamidan keyin ular salomatligiga jiddiy ziyon yetmagan holda qayta özlariga kelişgan.
Davolaşning bunday usuli şifokorlarga bemorga ziyon yetkazişga qörqmay, radiatsiyaning yuqori dozalarini qöllaş imkonini beradi. Hozirça tajriba faqat kalamuşlarda ötkazildi va u muvaffaqiyatli keçdi. Agar uşbu tajriba usuli barça sinovlardan muvaffaqiyatli ötsa, keyingi 10 yil davomida odamlarni davolaşda qöllaniladi.












