Biror yangi va istiqbolli loyiha boşlansa, köpçilik: “Kimdir yuritib foyda körsin, söng urinaman”, degan fikrga boradi. Albatta, sinalgan işning samarasidan voqif bölib, söng boşlagan ham ma'qul.

Imtiyozli kredit hisobiga xonadonida parranda boqişni boşlagan Andijon viloyatining Oltinköl tumanidagi Kömakay qişloğida yaşovçi Akbarovlar oilasini yöqlab bordik.

Uy bekasi Omadxon opa öğli bilan şinamgina uyi yertölasiga joylaştirilgan tovuq kataklari oldida andarmon, onasiga qaraşayotgan Farruxbek esa kataklardan tuxumlarni teriş bilan band. Oila tumandagi tijorat banklari tomonidan berilgan imkoniyatdan foydalanib 200 dona zotli tovuq boqişni boşlaganiga köp bölgani yöq. Natijalar esa bir oila uçun juda salmoqli.

- Ikki yuzta tovuqning 90 foizi oziğini ratsion asosida berib tursangiz kuniga tuxum qilar ekan, - deydi Omadxon opa. – Mana bu 130 dona tuxumni hozirgina terib oldik, hali keçgaça yana yiğamiz. 100 ta tovuqqa kuniga uç mahal 17 kilogramm ozuqani (bir kunda beriladigan donning narxi hozirda 7 ming sömga töğri kelyapti) 3 mahal bölib  beriladi. Hisoblab çiqsak, oilamizga oyiga örtaça 1 millionga yaqin sof daromad kelar ekan.

Oltinköl sanoat kolleji jamoasi muassasaning özida tovuqxona taşkil qilibdi. Bundan közlangan maqsad - öquvçilarga parranda boqişni örgatib, sohaning serdaromad ekanligini amaliy körsatiş. Ta'lim muassasasida 9 foizlik imtiyozli kredit hisobiga donasi 27000 sömdan olib kelingan 100 dona tovuq zamonaviy kataklarda parvarişlanmoqda. Tovuqxona iqtisodiyot yönalişidagi dars maşğulotlari uçun esa tayyor va jonli körgazmali qurol vazifasini ham ötayotir.

Elmurod Ermatov, Andijon