Rossiyalik sapyorlar Suriyaning Halab şahrini minasizlaştiriş böyiça işlarni yakunlaşdi va endi Rossiyaga qaytmoqdalar. Bu haqda Rossiyaning Birinçi kanalida körsatilgan reportajda sözlangan.
Ta'kidlanişiça, harbiylar tantanali ravişda öz yurtlariga kuzatildilar. Xayrlaşuv marosimiga şaharda yaşovçi köplab tinç aholi keldi.
Halabning minasizlaştirilişida maxsus örgatilgan itlar ham iştirok etgan.
"U hali yoş, bu uning birinçi xizmat safaridir, u bu safarda köp tajriba orttirdi, biroq yana köp narsa ustida işlaş kerak. Boşida biz Rossiyadagi sovuqlardan bunday issiq ölkaga kelganimizda unga ayniqsa qiyin böldi, u bunday şaroitga uzoq vaqt davomida moslaşişiga töğri keldi", deb aytmoqda sapyorlardan biri özining iti haqida.
Halabni minasizlaştiriş böyiça keyingi işlarni suriyalik sapyorlar davom ettirişadi. Reportajda aytilişiça, rossiyalik sapyorlar ularni barça zaruriy könikmalarga örgatib, ularga eng yangi qurilmalarni qoldirişgan.
Yanvar oxirida rossiyalik harbiylar Halabdagi 2 ming gektardan köproq maydonni minasizlaştirganlari ma'lum qilingandi.












