“Soğlom avlod uçun” xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro taşkiloti örtasidagi hamkorlik doirasida 11 bemor bola Germaniya klinikalarida davolanib, Özbekistonga qaytib keldi. Toşkent xalqaro aeroportida ularni davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, ota-onalar kutib oldi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

– Farzandim Jumaniyozda tuğma urologik nuqson bor edi, –deydi uçköpriklik Gulnoza Mamajonova. – Mahalliy şifokorlar tomonidan uning soğliği doimiy kuzatib borilmoqda. Öğlim Germaniyada olti oy davolanib, qaytib keldi. Soğliği tiklanganini körib, xursand böldim.

Paxtaobodlik Tojimuhamedovlarning ham ikki farzandi Germaniya klinikalarida davolanayotgan edi. Ulardan biri – 13 yoşli Muslimbek muolajalarni tugatib, ota-onasi bağriga qaytib keldi.

– Bundan ikki yil avval xonadonimizda röy bergan yonğin tufayli bolalarim oğir jarohat olgan edi, – deydi Zulayho Tojimuhamedova. – Farzandlarimga şifokorlar öz vaqtida tez yordam körsatgani tufayli ularning hayoti asrab qolindi. Biroq kuyiş oqibatida badanida paydo bölgan çandiqlarni tuzatiş uçun bosqiçma-bosqiç muolajalar talab etilar ekan. Germaniya klinikasida ötkazilgan operatsiyalar natijasida öğlim Muslimbekning yuz va qöllaridagi çandiqlar deyarli tuzalibdi. Uning soğlom çehrasini köriş baxti nasib etganidan benihoya mamnunmiz. Akasi olib kelgan suratlar orqali qizim Ruqiyaning ahvolidan ham xabardor böldim. U ham operatsiyalardan muvaffaqiyatli ötibdi, jarohatlarining örni ança tiklangan. Bolalarimizga körsatilayotgan bunday ğamxörlik va e'tibor uçun davlatimizdan minnatdormiz.

Olotlik Boltaqulovlar ham bundan olti oy avval 10 yoşli öğli Madaminni Germaniyaga kuzatgan edi. Operatsiya natijasida uning çap oyoğida kuyişdan qolgan asorat bartaraf etildi. Şifokorlar ota-onaga kelgusida farzandining salomatligini nazorat qiliş va bolani parvarişlaş böyiça maslahat va tavsiyalar berdi.

"Soğlom avlod uçun" xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro taşkiloti hamkorligida hayotga tatbiq etilayotgan uşbu loyiha doirasida 2002 yildan buyon terining kuyiş asoratlari, tuğma qöl-oyoq böğimlari va boşqa kasalliklar bilan xastalangan uç yuz yigirma ikki bola Germaniyada davolandi.

Özbekistondagi yetakçi klinikalarda oyoği, böyni, lab va tanglayida tuğma nuqsoni bölgan nogiron va bemor bolalarga tibbiy yordam körsatildi. Öttiz nafarga yaqin bemor bolada plastik jarrohlik muolajalari bajarildi. Hamkorlik loyihasi davom etmoqda.