WhatsApp messenjerida öz-özidan yöq böluvçi matnlarni namoyiş qiluvçi funksiya paydo böldi. U aloqa nomi yonidagi avvalgi matnlarni almaştiradi, deb yozadi The Verge.
Yangi funksiya foto va videolarni suratlar, matn va smayliklar bilan bezaş hamda ularni e'lon qiliş imkonini beradi. Yozuv yangi Status nomli qöşimça sahifada joylaşadi. Uni foydalanuvçining döstlari 24 soat mobaynida körişlari mumkin böladi.
Şu bilan birga, alohida ta'kidlanişiça, WhatsApp ilovasining özi yöq böluvçi matnlar funksiyasi şaxsiylik sozlamasiga ega. Foydalanuvçining özi döstlaridan kimlar yangi statusni köra olişi mumkinligini belgilaydi.
Yaqin orada uşbu funksiya bilan boğliq yangilaniş Android, iOS va Windows Phone platformalari uçun çiqariladi.
Snapchat tarmoğining eng ommabop funksiyalaridan birini 1,2 mlrd kişilik öz messenjerida joriy qilgan Facebook Inc. Snap Inc. kompaniyasini biznesni rivojlantiriş uçun yangi yöllarni qidirişga majbur qilmoqda. WhatsApp yangiligi Snapchat tarmoğining ösişini sekinlaştiradi, deb qayd etadi naşr.












