AQŞ Içki işlar vazirligi seşanba kuni öz saytida ikki memorandumni çop etdi, ularda noqonuniy immigratsiya bilan kuraşiş siyosatiga izoh berilgan - xususan vazirlik migrantlarni qaytariş işlarini soddalaştiruvçi bir qator çoralar qöllaşni rejalaştirmoqda.
Memorandumlar soddalaştirilgan deportatsiya jarayoni joriy qilinadigan xorijliklar sonini oşiradi. Bu jarayon avval çegaradan 100 mildan kamroq masofaga yaqinlaşgan va ikki hafta davomida AQŞda bölgan şaxslarga nisbatan qöllanar edi. Endi esa gap AQŞ hududiga noqonuniy yöl bilan kirib kelgan va mamlakatda kamida ikki yil yaşaganini isbotlay olmaydigan barça xorijliklar haqida ketmoqda.
Bundan taşqari, "qölga ol va qöyib yubor" norasmiy nomi bilan maşhur siyosatni qat'iylaştiriş rejalaştirilmoqda.
Memorandumda mamlakatga ota-onasi tomonidan noqonuniy yöl bilan olib kirilgan yuz minglab yoşlarga nisbatan siyosatning qa'iylaştirilişi haqida heç narsa deyilmagan. Bu avloddagilarning köpçiligi AQŞda voyaga yetgan bölib, ular özlarini amerikalik deb hisoblaşadi, biroq hujjatlarda noqonuniy migrantligiça qolişgan. Nazariy jihatdan olib qaraganda, ularni istagan vaqt mamlakatdan deportatsiya qilişlari mumkin.












