AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pens va Yevropa kengaşi rahbari Donald Tuskning duşanba kungi uçraşuvi paytida har ikki tomonga AQŞ va Yevropa Ittifoqi bayroqlari hamrohlik qildi. Biroq Amerika davlat timsoli bu safar ba'zi bir özgarişlar bilan ajralib turdi: siyosatçilar ortidagi ekranda 50ta yulduz örniga 51ta oq yulduzni köriş mumkin edi.
Amerika bayroğidagi har bir yulduz mamlakatdagi 50ta ştatdan darak beradi, odatda ular olti yulduzdan iborat beş qator hamda beş yulduzli tört qatorni taşkil etadi. Bayroqning Bryusseldagi nusxasi esa töqqiz yulduzdan iborat uç qator va sakkiz yulduzli uç qatordan iborat bölgan.
Şu bilan bir qatorda, Amerika bayroğida Britaniya mustamlakalaridan darak beruvçi çiziqlar soni töğri bölgan – 13ta. YeI bayroği esa heç qanday xatolarsiz bölgan, unda aylana böylab 12ta oltin yulduz joylaştirilgan.
“Assoşieyted Press” agentligining ta'kidlaşiça, Yevropa kengaşi hozirça bu holat yuzasidan heç qanday izoh bermadi.
Avvalroq Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker AQŞ vitse-prezidentiga Yevropani özining ilk xorijiy taşrifi uçun joy sifatida tanlaganiga minnatdorlik bildirgandi.












