Business Insider naşri kelajakning kapsulali transport tizimi Hyperloop faoliyatiga oydinlik kirituvçi videokontseptga e'tibor qaratdi. Uni Hyperloop One kompaniyasi Dubayda amalga oşirmoqda.
2016 yil noyabr oyida Hyperloop One Dubay hukumati bilan hamkorlik bitimiga erişgani haqida e'lon qilgan edi. Kompaniya rahbariyati Dubay va Abu-Zobi şaharlarini Hyperloop transport tizimi bilan özaro boğlaşni rejalaştirgan. Kompaniya, öşa vaqtda Hyperloop yölining kontsepti (loyihasi)ni ham namoyiş qilgan edi. Işlab çiqaruvçilarning taxmin qilişlariça, kapsulalar soatiga 1125 kilometr tezlikda harakatlanadi, yölga sarflangan vaqt 12 daqiqani taşkil etadi.
BAA yölovçilari uçun maxsus mobil ilova ham işlab çiqiladi. Uning vositasida kerakli bekatga qanday boriş aniqlab olinadi. Bu ilova Hyperloop tizimining jadvalini ham foydalanuvçi e'tiboriga havola qiladi. Agar yölovçi Hyperloop optsiyasini tanlasa, ilova kerakli darvozaga qanday borişni tuşuntiradi va bölğusi sayohatning barça tafsilotlarini ma'lum qiladi.

Şundan söng, foydalanuvçi harakatlaniş uçun kapsula turini tanlaydi. Rejaga köra, yölovçilarga bir neça xil: bir kişi yoki bir neça kişilik, uçraşuv, ma'ruza yoki dam olişlari uçun möljallangan kapsulalar taklif etiladi.


Kapsula yölovçini mustaqil ravişda Hyperloop tizimiga keltiradi. Loyiha mualliflariga köra, Dubay — Abu-Zobi yönalişida 120 dona kapsula işlaydi, ular soatiga 8500 yölovçini manziliga yetkazadi.

Yölovçilar joylaşgan kapsulalar birmunça yirik hajmdagi kapsulaga 4 donadan joylaştiriladi. Uşbu törtta kapsulaning 3tasida yölovçilar, birida yuklar taşiladi.


















