Hindistonning Jammu va Kaşmir ştatlarida aprel oyidan dabdabali töy marosimlari ötkaziş taqiqlandi: kelinning ota-onalari töyga 500 nafardan ortiq, kuyov tomon esa 400 nafardan ortiq mehmon çaqira olmaydi.
Bundan taşqari, töy ziyofatida 7tadan ortiq taom tarqatiş mumkin bölmaydi, bu orqali oziq-ovqatning isrof bölişi oldi olinadi.

Hududiy parlament a'zolaridan biri bunday taqiqni butun Hindiston böylab joriy etişni taklif etgan.
Bu qaror şovqin-suronli töy marosimlaridan norozi kişilardan kelgan köplab şikoyatlardan keyin qabul qilindi.
Şunga öxşaş taqiq 1984 yilda ham mahalliy hukumat tomonidan qöllangan, ammo aholining keskin noroziligi tufayli keyinçalik bekor qilingandi.
2016 yilning noyabrida Hindistonda biznesmen va Karnatak ştati sobiq vaziri Janardxana Reddining qizining 5 kunlik töy marosimi ötkazilgandi. Töy xarajatlari 74 million dollarni taşkil etdi. Şundan söng mamlakat böylab milliondan ortiq kişi iştirokida namoyişlar tölqini kötarildi.
Miting boşlanişidan bir neça kun oldin hukumat dabdabali töylarni taqiqlaş böyiça qonun loyihasini işlab çiqdi. Bundan taşqari, mehmonlar va dasturxonga tortiladigan taomlar sonini çeklaş, töy xarajatlari miqdorini 7500 dollardan oşirganlik uçun 10 foizlik soliqqa tortiş böyiça taklif kiritildi.











