Özbekiston Davlat personallaştiriş markazi öz imkoniyatlarini modernizatsiya qiladi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat personallaştiriş markazi byudjyetdan taşqari hisob raqamiga Özbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasport, fuqaroligi bölmagan şaxslarga biometrik hujjatlar taqdim etilgani uçun kelib tuşadigan mablağlarni xarajat qiliş tartibiga tuzatişlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Endilikda, jumladan, mazkur mablağlar:
- Biometrik pasport tizimini modernizatsiya qiliş uçun import jihozlar va dasturiy ta'minot sotib oliş (oldin — işlab çiqariş jihozini ta'mirlaş uçun ehtiyot qismlar xarid qiliş);
- Biometrik pasport tizimi jihozlari va dasturiy ta'minotiga texnik xizmat körsatiş qiymatini tölaşga (oldin — faqat xorijiy pudratçilar tomonidan) yönaltirilişi mumkin.
Ma'lumot uçun, Özbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlar va fuqaroligi bölmagan şaxslarga biometrik harakatlaniş hujjatlari berganlik uçun davlat boji summasining 60 foizi miqdoridagi mablağlar Davlat personallaştiriş markazining byudjyetdan taşqari hisob raqamiga tuşadi.
Eslatib ötamiz, yaqin yillarda Özbekistonda pasport beriş tizimida jiddiy islohotlar bölib ötişi kutilmoqda. Xususan, içki va xorijga çiqiş pasportlari joriy qilinişi rejalaştirilgan.












