AQŞning yöl xavfsizligi suğurta instituti (IIHS) beşinçi avlod Subaru Impreza sedaniga kraş-testlar natijasiga köra eng yuqori ball qöydi.
Sedan va universal Impreza kuzov pişiqligi böyiça beşta sinovni ham a'lo darajada topşirgan. Modelning old töqnaşuvdan ogohlantiriş va töqnaşuvlar tizimi şunday yuqori ball olişga imkon bergan. Yaponiya maşinasi 19 km/soat va 40 km/soat tezlikda ötkazilgan ikki testda ham töqnaşuvdan qoçişga muvaffaq bölgan.
Bundan taşqari, IIHS mutaxassislari avtomobilning diodli boş yoritqiç çiroqlarini «yaxşi» deb baholaşgan. Xususan, Subaru Impreza «sun'iy aqli» yöldagi vaziyatdan kelib çiqqan holda LED-nurlari yönalişi va kuçini turliça taqsimlay oladi.


IIHS, şuningdek, beşinçi avlod Subaru Impreza modeliga bolalar örindiğini joylaştirişning juda osonligini e'tirof etgan. Şunga muvofiq, AQŞ yöl xavfsizligi suğurta institutining xulosasiga köra, ayni vaqtda Subaru Impreza ixçam tasnifidagi e'tirozsiz yuqori baho olgan yagona avtomobil bölib turibdi.
Eslatib ötamiz, Subaru Impreza 2016 yil martida taqdim etilgan edi. Hozirda Impreza AQŞ va Yaponiyada işlab çiqariladi.

















