BMT boş kotibi Antoniu Guterreş butunjahon taşkilotda terrorçilik bilan kuraş böyiça boşqarma taşkil etişni taklif qildi. U bu haqda BMT Boş Assambleyasiga a'zo-davlatlar vakillari uçraşuvida xabar bergan.
Guterreş terrorçilik bilan kuraş böyiça norasmiy yiğilişda çiqiş qilarkan, “boş kotibning yangi örinbosari boşqaradigan yangi terrorçilikka qarşi boşqarma taşkil etiş” taşabbusini ilgari surdi.
Ayni damda BMTda Xavfsizlik Kengaşining terrorçilikka qarşi qömitasi bor. Tuzilma BMT XK tomonidan AQŞdagi 2001 yil 11 sentabr voqealaridan söng ta'sis etilgan.
Guterreş tomonidan taklif etilayotgan tuzilma, uning sözlariga köra, BMT XKning hozirgi tuzilmalari işiga aralaşmaydi, hamda BMT Boş Assambleyasiga taşkilot boş kotibi orqali hisobot beradi.
"Bizning maqsad – terrorçilikning millatlararo tahdidiga a'zo-davlat bilan birgalikda qarşi turiş böyiça yangi şeriklikni yölga qöyiş. Bu tahdidga qarşi darhol javob çoralarini köriş kerak", - dedi Guterreş.
"Taklif etilayotgan yangi boşqarma a'zo-davlatlarning heç birining suverenitetiga tahdid solmaydi. Yangi ofisning faoliyati qöllab-quvvatlaş va a'zo-davlatlarning talabi bilan yuritiladi, uning öziga xos jihati – BMTning terrorçilikka qarşi strategiyasini bajariş", - deya ta'kidlab ötdi boş kotib.
U butunjahon taşkilotga a'zo-davlatlar vakillaridan bu boradagi fikrlarini oğzaki yoki yozma ravişda ikki hafta içida bildirişlarini söradi. Boş kotib bu masalalarni mayga qadar tayyorlanadigan terrorçilikka qarşi kuraş strategiyasi böyiça hisobotda aks ettirmoqçi. "Men Boş Assambleya raisi bilan hamkorlikda işlaşda, maslahatlaşuvlar orqali yondaşişda davom etaman", - dedi boş kotib.












