«Real» yarim himoyaçisi Isko klubni tark etadi va öz xizmatlariga qiziqiş bildirayotgan «Barselona» safiga borib qöşiladi.

Mundo Deportivo ma'lumotiga köra, katalonlar klubi futbolçini 2013 yildan buyon, u «Malaga»dan  «Qirollik klubi» safiga ötişidan oldin kuzata boşlagan. Ammo «Barselona» — Iskoni öz safida körişni istayotgan yagona klub emas. Ispaniya terma jamoasi a'zosi hisoblanadigan bu futbolçi uçun «Yuventus», «Mançester Siti» va «Çelsi» kabi jamoalar ham da'vogar bölib turibdi.

Bundan avvalgi xabarlarda Isko Madridda köp öyin amaliyotiga ega bölmayotgani uçun boşqa jamoaga ötmoqçiligi aytilgandi. Joriy mavsumda u Primeraning 17 uçraşuvida 5 gol urib, 4ta golli pas berdi, ammo u bu öyinlarda faqat 11tasida boşlanğiç tarkibda maydonga tuşgan.

Iskoning «Real» bilan amaldagi şartnomasi muddati 2018 yilgaça.