Inson Allohga mahbub banda böliş yölida sihat-salomatligiga katta ahamiyat berişi va salomatligini barça zararli narsalardan, xususan kaşandalik, giyohvandlik, içkilikbozlik kabi illatlardan, tom ma'noda, inson hayoti uçun balo bölgan bu işlardan özini saqlamoği vojibdir. Barçamizga ma'lumki, Islom dini insonning beş narsasini öz himoyasiga olgan. Bu beş narsa – insonning joni, moli, obrösi, dini va aqli bölib, bular aslida inson uçun ato qilingan uluğ ne'matlardir. Inson özidagi va hatto özgalardagi mazkur narsalarni muhofaza qilişi, Allohga mahbub banda bölişiga dalildir. Qasddan yoki beparvolik bilan bularning birortasiga tajovuz qiliş insonning butun borliğiga tajovuz qilişga tenglaştirilgan. Alloh taolo Niso surasida:
ولا تقتلوا أنفسكم إن الله كان بكم رحيما
Ya'ni “Özlaringizni öldirmangiz! albattta Alloh sizlarga rahm-şafqatlidir” deydi.
Asr vabosi deb nom olgan içkilikbozlik va giyohvandlik, ya'ni narkotik moddalarni iste'mol qiliş, özini tom ma'noda halokatga uloqtiriş ekani heç kimga sir emas. Payğambarimiz Muhammad alayhissalom bir hadisi şariflarida:
اجتنبوا الخمر فإنها مفتاح كل شر
“Xamrdan saqlaninglar, çunki u barça yomonliklarning kalitidir”, - deganlar. Hadisdagi xamrdan murod insonning aqlini oladigan barça narsalardir. U xoh quruq şaklda bölsin, xoh höl, ya'ni içimlik şaklida bölsin, buning farqi yöq. Darhaqiqat giyohvand moddalarni va mast qiluvçi içimliklarni iste'mol qilgan kişining, avvalo aqlining bir qismi ketadi va natijada, undan hayo ketadi, hayo ketadigan bölsa, barça yomonliklarga keng yöl oçiladi. Bugun hayotimizda, jamiyatimizda sodir bölayotgan jinoyatlarning aksari giyohvandlik va içkilikbozlik ortidan sodir bölayotgani heç kimga sir emas. Alloh taolo mömin-musulmonlarga bu illatlarning iste'molini butkul harom qildi.
Möida surasida:
ياأيها الذين آمنوا إنما الخمر والميسر والأنصاب والأزلام رجس من عمل الشيطان فاجتنبوه لعلكم تفلحون
إنما يريد الشيطان أن يوقع بينكم العداوة والبغضاء في الخمر والميسر ويصدكم عن ذكر الله وعن الصلاة فهل أنتم منتهون
“Ey iymon keltirganlar! Albatta xamr, qimor, butlar va fol oçadigan çöplar şaytonning işidan bölgan ifloslikdir. Bas, undan saqlaningiz, şoyadki, najot topsangiz. Albatta şayton xamr va qimor tufayli oralaringizga adovat va yomon körişlikni solişni hamda sizlarni Allohning zikridan va namozdan tösişni xohlaydi. Endi töxtarsizlar?!”












