KXDR "Qöşma ştatlar bilan munosabatlarda jismoniy çoralar qöllaşi mumkinligi"ni bildirib tahdid qildi. Mamlakatning boş naşri "Nodon sinmun" gazetasida yozilişiça, şimol koreyslari "hali ham AQŞ bilan uruş holatida". Naşrdagilar Koreya yarim orolida 1950-1953 yillarda davom etgan uç yillik uruş yakunida tomonlar vaqtinçalik yaraş sulhi tuzgandi, bu tinçlik sulhi bölmagan.
Maqolada "şu tufayli heç kim Pxenyanning özini himoya qiliş yölidagi qadamlarini qoralaşga haqli emasligi" keltirilgan.
"Biz istalgan vaqtda raketa uçirişimiz mumkin. Agar Vaşington Pxenyanga bosim ötkazişda davom etsa, KXDR bu mamlakat va uning ta'siridagi boşqa mamlakatlar bilan munosabatlarda jismoniy çoralarni qöllaşi mumkin", - deya ogohlantiriladi "Nodon sinmun" maqolasida.
KXDR rahbari Kim Çen In yangi yil murojaatida mamlakat qit'alararo uçuvçi raketani qurib, uçirişga tayyorgarlik körayotgani haqida gapirgandi. Şu oy avvalida şimoliy koreyaliklar örta masofaga harakatlanuvçi ballistik raketasini sinovdan ötkazgandi.












