Nyu-Yorkda 300 dan köproq rossiyalik va xorijiy diplomat Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili bölgan marhum Vitaliy Çurkin bilan vidolaşiş marosimiga keldilar, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.
"300 dan köproq rossiyalik va xorijiy diplomat Nyu-Yorkdagi motam marosimda Çurkin bilan vidolaşgani keldilar", deb ma'lum qildi Rossiya diplomatik missiyasi.
Motam marosimida Çurkinning bevasi Irina Çurkina va uning öğli Maksim, Rossiyaning Vaşingtondagi elçisi Sergey Kislyak, AQŞ va Qozoğistonning BMTdagi doimiy vakillari Nikki Xeyli va Qayrat Umarov, Çurkinning örinbosarlari Petr Iliçev va Vladimir Safronkov hamda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş nutq sözladilar.
Guterriş Çurkinning Xavfsizlik kengaşidagi "benuqson obrösi" va hamkasblari orasida katta hurmatga ega bölganini ta'kidlab ötdi.
"Agar jannatda odamlar işlaşi kerak bölsa, menimça Tangri uni diplomat qilib tayinlaydi", deb aytdi Gutteriş.
Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili lavozimini 2006 yil 8 apreldan egallab kelgan Vitaliy Çurkin 20 fevralda, 65 yoşiga bir kun qolganda vafot etdi.
21 fevralda BMT Xavfsizlik kengaşi Çurkin xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlagan. 23 fevralda Nyu-York vaqti bilan soat 18:00da Rossiyaning AQŞDagi elçixonasida Çurkin xotirasiga ta'ziyalar kitobi oçiladi.












