Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Vladimir Putin Gamburgda iyulda ötadigan   G20 – "Katta yigirmatalik" sammitida iştirok etişini ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Bizning "yigirmatalik" sammitidagi iştirokimiz prezident darajasida ötişi közda tutilgan", deb aytgan Uşakov.

Sammit 7-8 iyul kunlariga rejalaştirilgan.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya va AQŞ prezidentlarining ilk uçraşuvlari körinişiça yozda ötadigan G20 sammitida bölib ötişini ma'lum qilgandi.