Joriy yilning 22 fevral kuni Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining madaniyat saroyida “Yoşlar örtasida huquqbuzarlik va jinoyatçilikni sodir etilişini oldini oliş” mavzusida profilaktik tadbir ötkazildi.
Tadbirda institut rektori S.Yunusov, Yakkasaroy tuman prokurori I.Aydusov, Yakkasaroy tuman Içki işlar boşqarmasi boşliği vazifasini bajaruvçisi podpolkovnik F.Haydarov, Yakkasaroy tuman voyaga yetmaganlar bilan işlaş guruhi katta inspektori podpolkovnik N.Muinova, Yakkasaroy tuman Içki işlar boşqarmasi boşliği örinbosari podpolkovnik A.Prmatov, Ma'naviyat va ma'rifat bölimi xodimlari, fakultet dekanlari, ma'naviy – ma'rifiy işlari böyiça dekan muovinlari institut professor-öqituvçilari va ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Mazkur tadbirda asosan, aynan yoşlarning nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boşqa ğayrijtimoiy hatti-harakatlar sodir etilişiga imkon beradigan sabablar va şart-şaroitlarni bartaraf etiş hamda yoşlarni turli xil jinoyatçiliklarga şerik bölmasliklari haqida gapirib ötildi.













