UYeFA Çempionlar ligasi 1/8 finali birinçi uçraşuvi doirasida Portugaliyaga safar qilgan Italiyaning «Yuventus» jamoasi «Portu» mehmoni böldi. Uçraşuv «Dragau» stadionida bölib ötdi va mezbonlarning 0:2 hisobidagi mağlubiyati bilan yakunlandi. 

Turin jamoasi ikkala golni ham ikkinçi taymda urdi. Gollarni xorvatiyalik Marko Pyatsa va braziliyalik xavbek Dani Alves 72-, 74-daqiqalarda öz hisoblariga yozib qöyişdi. E'tiborlisi, gollar mualliflari zaxiradan maydonga tuşişgan edi. Qayd etiş joizki, portugaliyaliklar uçraşuvning 27-daqiqasida 10 kişi bölib qolişdi. Himoyaçi Aleks Telles ikkinçi sariqdan söng, maydondan çetlaştirildi. 

Portu – Yuventus 0:2
Gollar: 0:1 – 72 Pyatsa, 0:2 – 74 Dani Alves.
Portu – Kasilyas, Pereyra, Felipe, Markano, Telles, Danilu Pereyra, Errera, Ruben Neveş (Korona, 61), Braimi (Diogu Jota, 73), Andre Silva (Layyun, 30), Soares.
Yuventus – Buffon, Lixtştayner (Dani Alves, 73), Bardzali, Kellini, Aleks Sandro, Xedira, Pyaniç, Kuadrado (Pyatsa, 67), Dibala (Markizio, 86), Mandjukiç, Iguain.
Ogohlantirişlar: Telles (25), Pereyra (45), Lixtştayner (50), Errera (85), Markano (89).
Çetlatiş: Telles (27).