Özbekiston delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik taşkilotining Islomoboddagi yiğilişida iştirok etadi. U 1 mart kuni boşlanadi, deb xabar bermoqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi.

Çorşanba kuni vazirlikda Pokistonning Özbekistondagi elçisi Riaz Hussayn Buxari bilan uçraşuv bölib ötdi.

«Uçraşuvda Özbekiston-Pokiston kun tartibining dolzarb masalalari hamda Özbekiston rasmiy delegatsiyasining 2017-yilning 1-mart kuni Islomobod şahrida bölib ötadigan Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (YeSO) Sammitida iştirok etişining amaliy jihatlari muhokama etildi», - deyiladi taşqi siyosat idorasi xabarida.

Kutilişiça, IHT sammiti çoğida iştirokçilar yangi global va mintaqaviy şaroitda Iqtisodiy hamkorlik taşkilotidagi işlar holatini körib çiqadilar.

IHT – 1985 yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan taşkil etilgan davlatlararo mintaqaviy iqtisodiy taşkilot bölib, taraqqiyot uçun Mintaqaviy hamkorlik taşkilotining vorisi sanaladi.

1992 yildan beri IHT faoliyati yetti yangi davlat – Özbekiston, Qozoğiston, Ozarboyjon, Afğoniston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmanistonning ixtiyoriy ravişda qöşilişi bilan faollaşdi.