Xiaomi kompaniyasi MWC 2017 körgazmasida kristalldagi (SoC) birdaniga ikkita tizimni körsatadi: Pinecone V970 hamda hamyonbop Pinecone V670. Ularning öziga xos jihatlari haqida ba'zi ma'lumotlar ham bor.

Xiaomi birinçilardan bölib 10 nanometrli texnik jarayon böyiça yaratilgan protsessorni taqdim etadi. Ayni damda faqatgina Qualcomm şunga öxşaş çipni körsatgan - Snapdragon 835. Pinecone V970 köp ehtimol bilan 2017 yilning yangi protsessorlari bilan raqobatçi bölişi mumkin.

Pinecone V970’ning öziga xos jihatlari:
•  Texjarayon: 10 nanometr;
•  Protsessor: 8 yadro: Cortex-A73 4 yadro + Cortex-A53 4 yadro;
•  Grafika: 12 yadroli Mali-G71.

Hamyonbop nusxa

Pinecone V670 çipi örta va past narxdagi smartfonlarda işlatiladi. U Snapdragon 430 va MediaTek MT6738T protsessorlari bilan raqobat qilişi mumkin.

Pinecone V670’ning öziga xos jihatlari:
•  Texjarayon: 28 nanometr;
•  Protsessor: 8 yadroli Cortex-A53;
•  Grafika: 2 yadroli Mali-T860.