Özingiz istagan narsaga sarflaydigan köp vaqtingiz bölgani naqadar yaxşi. Masalan, vaqtni Dendy’ning tayvanlik nusxasi Nintendo Entertainment System (NES) 8-bitli öyin qurilmasiga ajratiş mumkin. 1983 yilda çiqarilgan qurilma önlab million geymerlarning sevimli uskunasiga aylandi, şuning uçun unga juda ham köplab öyinlar çiqarilgan. Polşalik Pyotr Delgado Kuselçuk biroz kutilmagan qarorga keldi: u NES uçun çiqarilgan barça öyinlarni oxirigaça öynab kördi.
Pyotrning videoöyinlarga qarşi bunday “salb yurişi” 2014 yilda boşlangan bölib, faqatgina keyingi yakşanba öz nihoyasiga yetadi. NES tarkibiga kirgan öyinlar röyxatida 714ta nom bölib, ularning 679tasi AQŞda, qolgan 35tasi esa Yevropa mamlakatlari bozorlarida çiqarilgan. Pyotr öz rekordini örnatişda bir muammo bilan duç keldi: agarda öyinning oxirigaça boriş imkonsiz bölsa, nima qiliş kerak? Bunday vaziyatda u uni qayta boşlangunga qadar öynagan. Qolgan öyinlar esa boşidan oxirigaça töliq öynalgan, şu bilan bir qatorda, öyin jarayonini Pyotrning Twitch’dagi sahifasini kuzatib boruvçi minglab kişilar tomoşa qilişgan.
Pyotr turli öyinlarga turliça vaqt sarfladi. Masalan, u Championship Pool öyiniga 39 soat ajratgan bölsa, Ikari Warriors uçun esa 37 soat talab etildi. Pyotr tarmoqda videoöyinlarni katta tezlikda öynaş orqali maşhur bölib ketgan.
«Öşa payt men katta toqqa çiqib olişga qaror qilgan bolakayga öxşab ketdim. Men hisob böyiça 50-öyinni öynayotganimda, maqsadimga erişiş uçun yillar talab etilişi mumkinligini his etdim. Biroq böşaşiş hamda ortga qaytiş mumkin emasdi», - deya aytib ötdi Pyotr Kuselçuk uç yildan söng.
Pyotr atigi bitta öyinni oxiriga yetkazişi qoldi, u bu holatni 26 fevral kuni amalga oşirmoqçi. Bu şaxs öziga xos rekordni yaqin kunlarda örnatişi katta ehtimolga yaqin bölib turibdi. Darvoqe, Nintendo yaqinda NES Mini retro-qurilmasini çiqardi, uning xotirasiga ötgan davrlarning eng maşhur 30ta öyinni kiritilgan - Super Mario Bros., The Legend of Zelda, Metroid va boşqalar.












