Zamonaviy yoş kelin-kuyovlar öz töyida an'analardan çetlaşgan holda, ğarb uslubiga xos kiyimlar kiyişni afzal biladi. Biroq dunyoning ayrim hududlarida töy tantanalariga va azaliy qadriyatlarga katta e'tibor berib keladigan insonlar ham köp uçraydi. 

Ayrim xalqlarning nikoh liboslari noodatiy, ğayritabiiy va bejirim körinişga ega bölib, ular uçun uşbu liboslar "baxt, oila, sevgining abadiyligi"ni anglatadi. 

Marhamat, dunyoning eng antiqa va şu bilan birga çiroyli töy liboslari bilan tanişing.

Turkiya

Öz otasi uyini tark etişdan avval turk qizi töy libosining eng muhim bezagi – bokiralik belboğini qabul qiladi. Uni beliga boğlab qöyişadi. Odatda, u qizil rangda böladi va omad, joziba baxt ma'nosini anglatadi.

Bolgariya

Bu mamlakatda kelin yuzi an'anaga köra, oq rang bilan böyaladi va zarlar sepiladi. Bu esa qizning şu ondan e'tiboran barça narsaga huquqi bor ayolga aylanganini bildiradi.

Makedoniya

Makedoniyada kelinlar libosi katta ahamiyatga ega bölib, u oppoq bölişi kerak. Libos soflik, tozalik timsolidir. Kelin dugonalari esa töyga deyarli bir xil libosda kelişadi. Kelindan ajralib turiş uçun esa qizil soç popugi taqib olişadi. 

Xakasiya

Rossiyaning Xakasiya şahrida qadimiy töy an'analarini muqaddas deb hisoblaşadi. Bu yerda kelinga möynali yopinçiq va şapka kiydirişadi. Bu esa ob-havo ta'siri natijasidir – mazkur hudud yetarliça sovuq.

Isroil