Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga safari davomida Qarşi tumanidagi xonadonlardan birida mehmon böldi.
ÖzA bergan xabarga köra, Özbekiston Prezidenti «Nukrobod» qişloq fuqarolar yiğinining Yakkayoğoç massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uylardan birida — Alişer Ahmedov xonadonida bölgan. Prezident bu yerda yaşaş uçun yaratilgan qulay şaroitlar bilan tanişgan, xonadon sohiblari bilan dildan suhbatlaşgan.
«Yoş oila a'zolari Şavkat Mirziyoyevga e'tibori va ğamxörligi uçun samimiy minnatdorlik bildirdi», deyilgan xabarda.
«Öz uy-joyiga ega böliş har bir inson hayotida qançalik muhim ekanini barçamiz yaxşi bilamiz. Xalqimiz uyi borning öyi yöq, deb bekorga aytmagan. Buning çuqur ma'nosi bor. Bunday uy-joylar taqsimotida xalqimizga xos haqiqat va adolat mezonlariga qat'iy rioya etilişi kerak», degan prezident.
Quriliş materiallarining tannarxini kamaytiriş hisobiga uylarning narxini yanada arzonlaştiriş, taşqi injyenerlik tarmoqlari – içimlik suvi, içki yöllar, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlaş, atroflarini obodonlaştiriş böyiça zarur körsatmalar berilgan.
Şavkat Mirziyoyev Mirmiron massividagi yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarda istiqomat qiluvçi aholi uçun issiqxona taşkil etiş loyihasi bilan tanişgan.
Uşbu issiqxona 25 gektar maydonda metal, taxta, plyonka va boşqa mahalliy quriliş materiallaridan foydalanilgan holda barpo etiladi. Bu yerda limon, mandarin va papayya kabi sitrus mevalar, pomidor, bodring, gulkaram, har xil kökatlar yetiştirilişi rejalaştirilgan. Uşbu loyiha amalga oşirilişi natijasida issiqxonada yiliga 3 milliard sömlik mahsulot yetiştiriladi. Ularning bir qismi içki bozor talablarini qondirsa, qolgani eksportga yönaltiriladi. Natijada aholi qiş mavsumida ham arzon meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta'minlanadi. 229 iş örni yaratilişi aholi turmuş farovonligining ortişiga xizmat qiladi.
Prezident bunday issiqxonalarni quriş va ulardan foydalanişda zamonaviy texnologiyalarni qöllaş, işga malakali mutaxassislar bilan birga kollej bitiruvçilarini ham keng jalb etiş borasida zarur körsatmalar berdi.












