Iroqning Kurdiston muxtoriyatida ertami-keçmi Bağdod roziligisiz mustaqillik uçun referendum ötkaziladi. Bu haqda muxtoriyat rahbari Mas'ud Barzaniy Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung naşriga bergan intervyusida bayonot bergan.
"Referendum bizning milliy huquqimiz hisoblanadi, - degan Barzaniy. – Bağdod xalqni bu huquqidan mosuvo qiladi deb öylamayman, ammo u şunday qilgan taqdirda ham bizni töxtata olmaydi". Uning sözlariga köra, Iroq Kurdistonining mustaqillik böyiça referendum ötkazişga doir "tabiiy huquqi" bor.
Iroq Kurdistoni sönggi yillarda Ğarb mamlakatlarining ogohlantirişlariga qaramay, mustaqilligi borasida saylov ötkazişini bildirib kelmoqda. Barzaniy bu haqda 2014 yil 1 iyulida fikr bildirgan. Bir yil keyin Vaşingtonda IŞIDga qarşi harbiy amaliyotlar poyoniga yetgaç, referendum ötkazilişini aytgan edi.












