Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB yöl-patrul xizmati alohida bataloni 2-otryadi inspektori lavozimida xizmat qilgan serjant Ş.Toşboyev jazoga tortildi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Ma'lum bölişiça, u Yakkaboğ tumanida “Damas” avtomaşinasini töxtatgan hamda hujjatlari uyida qolib ketgan haydovçiga ma'muriy bayonnoma tuzişini aytgan. Haydovçining yalinib-yolvorişidan söng unga “hozir maşina jarima maydonçasidan çiqib ketişini istasangiz...”, deb uçta barmoğini körsatgan. 

Haydovçi oradan yarim soatlar ötib 150 ming söm olib keladi hamda uni inspektorga beradi. Pulni körgan serjant bular kam ekanini aytgaç, haydovçi qolganini topganida olib kelişini aytadi. 

Xullas, bayonnoma rasmiylaştirilmaydi. Serjant Ş.Toşboyev 150 ming söm evaziga transport vositasining texnik körikdan ötiş muddati ötib ketganiga ham, gaz ballonining foydalaniş muddati tugaganiga ham köz yumdi. Haydovçi esa maşinasiga ötirib, jarima maydonçasidan çiqib ketadi.

Oradan kunlar öta boşlaydi. Inspektor fuqaro J.Odilov boşqaruvidagi maşinani har körganda töxtatar, va'da qilingan pulning qolganini qaçon berişini sörayverib holi-joniga qöymasdi. Bundan sabr kosasi tölgan haydovçi oxiri huquq-tartibot organlariga xabar berdi.

Fuqaro J.Odilovning murojaati asosida ötkazilgan maxsus tadbirda serjant Şerali Toşboyev xalqumidan ilindi va huquq-tartibot organlari tomonidan qölga olindi. Sud işni atrofliça körib çiqib, unga nisbatan tegişli muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinladi.