Rossiya xalq artisti, teatr va kino aktyori Aleksey Petrenko 78 yoşda hayotdan köz yumdi. Bu haqida Rossiya kinematografçilar ittifoqi saytida xabar berildi. 

"2017 yilning 22 fevral kuni atoqli rus aktyori Aleksey Petrenko vafot etdi... Rossiya kinematografçilar ittifoqi atoqli aktyor Aleksey Vasileviç Petrenkoning yaqinlari va qarindoş-uruğlari bilan birga çuqur qayğuda. Aleksey Vasileviçning hamkasblari uning yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiradi", - deyiladi xabarda. 

Petrenko Ukrainada, Çernigovskiy viloyatida tuğilgan. U 1961 yilda Xarkov teatr institutini tugallagan. 1964-1978 yillarda Leningrad teatri, 1978 yildan keyin esa MXAT sahnasida turli rollarni ijro etgan. 

RF xalq artisti kino olamida 80ga yaqin qahramonni gavdalantirgan. Uning «Jyestokiy romans» ("Beşafqat romans"), «Uznik zamka If» ("If qal'asi asiri"), «Agoniya» ("Ölim talvasasi"), «Poxoronite menya za plintusom» ("Meni plintus ortiga köming") va  «Dvadtsat dney bez voyny» ("Yigirma kun uruşsiz") kartinalari keng ommaga tanilgan. 

Aleksey Petrenko 2010 yilning 23 noyabrida Toşkent şahrida Azina Rasulovna ismli ayolga uylangan. Öşanda aktyor 72 yoşda bölgan.