Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qarşi tumanida qişloq xöjaligi sohasidagi istiqbolli loyihalar bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

“Nişon közgu” köp tarmoqli fermer xöjaligi tomonidan Qarşi şahrida çorva mollarini avtomatizatsiyalaşgan kuşxona, göştni saqlaş va qadoqlaş kompleksi taşkil etilmoqda. Buning uçun xorijdan zamonaviy uskunalar olib kelib örnatilgan. 

Uşbu loyiha iqtisodiy samaradorlik bilan birga ulkan ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Zamonaviy kuşxona va muzlatkiç oziq-ovqat mahsulotlarining möl-kölligi hamda xavfsizligini ta'minlaydi. 100dan ortiq iş örni yaratiladi. 

Davlat rahbari bunday kuşxonalarni barça hududlarda taşkil etiş, veterinariya va sanitariya xizmatlarini yaxşilaş, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaş zarurligini ta'kidladi. 

Yakkaboğ tumanida taşkil etilayotgan “Qorabayir otçilik majmuasi” xöjaligi naslçilikni saqlaş va rivojlantiriş, qorabayir zotli otlarni köpaytirişga ixtisoslaşgan. Majmuada 200tagaça yilqi boqilib, içki va taşqi bozorlarga sotiladi. Qirqdan ortiq kişi iş bilan ta'minlanadi. 

Qorabayir otlari milliy iftixor ekani, ularni köpaytiriş zarurligi qayd etildi. 

Davlat rahbari avval Koson tumanida barpo etiladigan çorvaçilik kompleksi loyihasini közdan keçirdi. 

Ikki ming boş qoramol boqişga möljallangan zamonaviy tipdagi çorvaçilik kompleksi nafaqat viloyat, balki mamlakatning boşqa hududlari aholisini ham göşt va sut bilan ta'minlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Umumiy qiymati 14 milliard söm bölgan loyihani kelgusi yilning birinçi çoragida töliq işga tuşiriş rejalaştirilgan. 

Majmua qurilişi uçun 12 gektar, çorva mollariga ozuqabop ekinlar yetiştiriş uçun 750 gektar yer maydoni ajratiladi. Bu yerda yiliga 4 ming 280 tonna sut va 210 tonna göşt yetiştiriş, 140 iş örni yaratiş közda tutilgan. 

Prezident çorvaçilik kompleksiga xorijdan nasldor qoramollar olib keliş, ularni zarur texnologiyalar asosida parvarişlaş, yetiştirilgan mahsulotni şu yerning özida qayta işlaşni yölga qöyiş masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Mutaxassislarga zarur tavsiyalar berdi.