AQŞning asosiy fond indekslari savdo haftasini ijobiy natijalarda yakunladi. Bu borada Dow Jones natijalari ajoyib bölib, 11 kundirki tarixiy maksimumlarni yangilamoqda. Savdo natijalari şunday deyişga asos bölmoqda.
AQŞ sanoat indeksi Dow Jones 0,05 foizga ösib, 20821,76 punktga kötarilgan. Yuqori texnologiyali kompaniyalar indeksi NASDAQ 0,17 foizga ösib, 5845,31 punktni taşkil etmoqda. S&P 500 körsatkiçiga 0,15 foiz qöşilgan va 2367,34 punktni taşkil etgan.
Investorlar esa, AQŞ prezidenti Donald Trampning Kongress oldidagi çiqişini kutmoqda. Kelasi hafta juma, 3 mart kuni Tramp vatandoşlariga soliqlarni pasaytirişni va'da qilgan. "Biz örta toifa va kompaniyalar uçun soliqlarni sezilarli kamaytirişni rejalaştirayapmiz. Şu bilan birga, soliq kodeksimizni sodda va adolatliroq qilmoqçimiz", — degan Tramp.
"Bizning fikrimizça, Kongressga murojaat prezident Tramp uçun öz maqsadlarini va közlagan rejalarini, ayniqsa, savdo, soliq va davlat investitsiyalari sohasidagi rejalarini izohlaşda yaxşi imkoniyat böladi", — deyişmoqda Barclays ekspertlari. Bloomberg agentligi şu haqda xabar qilmoqda.












