Amerikaning Tesla kompaniyasi aksiyalari «ölim xoçi» deb nomlanuvçi xavotirli körsatkiçga yetdi, bu esa narxning yanada pasayişini anglatadi.

Gizmodo xabariga köra, bu aksiyaning 50 kunlik harakatlanuvçi örtaça körsatkiçi (taxminan $289) 200 kunlik örtaça körsatkiçdan (taxminan $291) pastga tuşganda sodir böldi. Bu holat Tesla aksiyalarida 2022 yil may oyidan beri kuzatilmagan edi.

Tramp ma’muriyatining yangi tariflari va kompaniya boş direktori Ilon Mask xatti-harakatlariga qarşi noroziliklar tufayli bozorda yuz bergan beqarorlik aksiyalar narxiga salbiy ta’sir körsatdi. Jumladan, Tesla aksiyalari 2025 yil boşidan beri öz qiymatining uçdan biridan köproğini yöqotdi.

Ta’kidlanişiça, federal hukumat islohotlarida faol iştirok etayotgan Mask ba’zi investorlarni ğazablantirdi. Oq uy oldidagi Cybertruck reklamasi kabi qisqa muddatli muvaffaqiyatlarga qaramay, Tesla obrösiga putur yetdi.

«Ölim xoçi» Tesla uçun noyob emas: S&P 500 va Nasdaq 100 indekslari ham bozorning umumiy özgaruvçanligini aks ettiruvçi uşbu körsatkiçni qayd etdi. Mutaxassislarning ogohlantirişiça, indikator har doim halokatni anglatmaydi, lekin ehtiyotkorlik talab qiladi.